(29 martdan 4 aprelgacha)

Qoʻy. Ichki sezish qobiliyatingizga quloq tuting, u aslo pand bermaydi. Bu hafta siz uchun yoqimli lahzalarga boy boʻladi. Yaqinlaringizdan safar taklifi yoki kutilmagan sovgʻa olishingiz mumkin. Ularga eʼtibor va gʻamxoʻrlik bilan javob qaytaring. Dam olish kunlarini salomatlikni mustahkamlashga, tashqi koʻrinishni yaxshilashga va miriqib hordiq chiqarishga bagʻishlang.  

Buzoq. Hech kutmagan joyingizdan pul mablagʻi kelib tushishi mumkin. Uni oqilona sarflashga harakat qiling. Asosiysi, masʼuliyatsiz insonlarga qarz bermang. Ish faoliyatingizga jiddiy eʼtibor qarating. Soʻnggi paytlarda yigʻilib qolgan hujjatlarni tartibga keltirib, oʻz oʻrniga saralab chiqing. Hamma vaqt hushyor va ziyrak boʻling, hamkasblarga koʻngildagi sirlarni ochishga shoshilmang.  

Egizaklar. Atrofingizdagi baʼzi odamlar bilan munosabatda muammolar yuzaga kelishi mumkin. Hech kimga ishonmang, yaxshisi «himoya zirxini» aslo yechmang. Katta ahamiyatga ega boʻlgan jiddiy loyihalarga hozircha qoʻl urmaganingiz maʼqul. Ammo uy ishlari va tashvishlarini hal etishni aslo ortga surmang. Bu hafta xonadoningizda yengil taʼmir yoki katta tozalash ishlarini amalga oshirish uchun qulay davr. 

Qisqichbaqa. Mayda-chuyda masalalar aslida u qadar arzimas emasligi maʼlum boʻladi. Doʻstlar bilan kelishmovchiliklar kelib chiqishi mumkin, biroq haqiqat siz tarafda boʻladi. Ushbu hafta jismoniy mehnat bilan shugʻullanish va parhez saqlash uchun maqbul davr hisoblanadi. Bunda sizdan ortiqcha saʼy-harakat talab etilmaydi, lekin natija kutilganidan ham aʼlo boʻlishi ehtimoli yuqori.  

Arslon. Moliyaviy mablagʻ sarflarini yaqinlaringiz bilan obdon maslahat qilgan holda amalga oshiring. Lekin shaxsiy hayotga bogʻliq qarorlarni mustaqil qabul qilishga harakat qiling. Sokinlik va hotirjamlik zarurmi? Bu hafta vaqtincha ishni va oilaviy tashvishlarni bir chetga surib, oʻz qiziqish va sevimli mashgʻulotlaringiz uchun vaqt ajrating.  

Parizod. Bu davrda faqat oʻzingiz uchun maqbul va yoqimli boʻlgan ishlar bilan shugʻullanib, qolganini keyingi hafta rejasiga kiriting. Faoliyat yuritayotgan joyingizda ish yuklamasini orttirishlari mumkin. Kasbiy majburiyatlaringizdan tashqari boʻlgan ishlar siz uchun ortiqcha ekanini atrofdagilarga his ettiring. Oʻz fikringizni bildirishdan choʻchimang.  

Tarozi. Ishxonada sizdan kamchilik topishga urinishlari mumkin, biroq mehnatsevarlik ortidan rahbariyat va hamkasblarning fikrini oʻzgartirishingiz mumkin. Bu hafta oila aʼzolari, ayniqsa, farzandlarga nisbatan qattiqqoʻl boʻlish talab etiladi. Biroq ularning koʻnglini ogʻritib qoʻyishdan qoching, yuzma-yuz olib borilgan suhbat va tushuntirish ishlarining oʻzi kifoya.  

Chayon. Bu davrdagi har qanday yangi tanishuvlar foyda va omad olib keladi. Atrofdagilar bilan koʻproq munosabatda boʻlishga harakat qiling, faqat shu yoʻl bilan bu haftada kuzatilishi mumkin boʻlgan koʻngil gʻashligidan qutulish imkoniga ega boʻlasiz. Agar uy uchun biron narsa xarid qilish niyatida boʻlsangiz, yaxshisi bu ishni haftaning soʻnggi kunlarida amalga oshirgan maʼqul.  

Oʻqotar. Siz uchun ham ruhan, ham jismonan yengillashish vaqti yetdi. Sokinlikda yoki tabiat qoʻynida koʻproq dam olishga eʼtibor qarating. Biroq hordiq uchun ortiqcha sarf-harajatga berilib ketmang, chunki bu davrda moliyaviy jihatdan biroz qiyinchilik yuzaga kelishi mumkin. Hafta davomida ziddiyatlarning oldini olishga, yon-atrofdagilar bilan xushmuomala boʻlib, ular bilan aslo bahslashmaslikka harakat qiling. 

Togʻ echkisi. Koʻpdan beri orziqib kutilgan imkoniyatni qoʻldan boy bermaslik uchun diqqatli va sergak boʻling. Chigal va hal etib boʻlmaydigan masalalar hech bir qiyinchiliksiz oʻz yechimini topadi. Bu davrda moliyaviy jabhada tejamkor boʻlib, ortiqcha xaridlardan oʻzingizni tiyishga harakat qiling. Ishdan boʻsh vaqtni imkon qadar koʻproq sayr qilib, toza havodan nafas olishga bagʻishlang. 

Qovgʻa. Har qanday ishda toʻgʻanoq va toʻsiqlarga uchrashingiz mumkin. Kutilmagan natijalarga tayyor turing va zarurat tugʻilganda yordam soʻrashdan chekinmang. Atrofdagilarga nisbatan va yangi doʻst tanlashda ehtiyotkor boʻling. Faqat shundagina ishdagi koʻpgina masalalarning hal etilishi muvaffaqiyatli kechadi. Boʻsh vaqtingizni sevimli va qadrli insonlar davrasida oʻtkazishga harakat qiling.

Baliq. Hafta boshi faol va qatʼiy harakatlarni talab etadi. Ish joyingizda sizni yutuqlar kutmoqda. Koʻp vaqtingizni olgan loyiha, vanihoyat, muvaffaqiyat qozonadi. Hamkasblar bilan munosabatlar yanada mustahkamlanadi Bu davrda oilaviy masalalarni hal etish uchun ham imkoniyat tugʻiladi. Dam olish kunlari sizga yaxshi kayfiyat xamroh boʻladi.