IIV Xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni taʼminlash qoʻshinlariga qarashli Samarqand viloyatida joylashgan 7252-harbiy qismda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligining 31 yilligi munosabati bilan, harbiy qism harbiy xizmatchilari va Samarqand shaxridagi 23-sonli umumtaʼlim maktabining oʻquvchi yoshlari bilan birgalikda “Muqaddasdir Vatan bayrogʻi” mavzusida maʼnaviy – maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.

 Tadbir davomida oʻquvchi-yoshlar va harbiy xizmatchilarning farzandlari tomonidan bayroq haqidagi sheʼrlar va vatanparvarlik kuy-qoʻshiqlari ijro etildi.

 

Adiz Narziyev,

Harbiy qism komandirining

tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari,

podpolkovnik.