Bugun fuqarolarning murojaatlari sektor rahbarlarining diqqat markazida. Navoiy shahridagi “Matonat” mahallasida viloyatning 3-sektor rahbari tomonidan oʻtkazilgan navbatdagi sayyor qabuli chogʻida ham aholining koʻplab muammolariga yechim topildi.
Jumladan, shu mahallada uy bogʻchasi tashkil etib, tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻygan Sayohat Xoliqova bogʻcha oʻyingohini bezatish va jihozlash uchun imtiyozli kredit olishda amaliy yordam soʻradi. Uning murojaati joyida hal etildi – 33 mln soʻm miqdoridagi imtiyozli kredit rasmiylashtirib berildi. “Gʻalaba” shohkoʻchasi chorrahasidagi svetafor nosozligi tufayli nevaralari qiynalayotganini aytgan Mavluda Xudoyqulovaning murojaatiga ham shu kunning oʻzida yechim topildi. Viloyat IIB YHXB xodimlarining saʼy-harakatlari tufayli svetafor tuzatildi. Navoiy shahrida 15 yildan buyon istiqomat qilayotgan Nikolay Melnikov Rossiya davlatida tugʻilgan oʻgʻliga Oʻzbekiston Respublikasi shaxs guvohnomasi (ID karta) olishda amaliy yordam soʻradi. Bu borada viloyat M va FRB rahbariyatiga topshiriq berildi.
Shuningdek, qabulda ishsizlik, ijtimoiy yordam va tibbiy yordam masalalari boʻyicha murojaatlar tinglanib, bajarilishi yuzasidan tegishli tashkilotlarga yoʻnaltirildi.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.