Buxoro viloyati hamda Vobkent tumani Xalq qabulxonalarida Oʻzbekiston Respublikasi IIV Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bosh boshqarmasi boshligʻining 1-oʻrinbosari, polkovnik Shuxrat Xodjayev tomonidan migratsiya va fuqarolik masalalari boʻyicha sayyor qabul oʻtkazildi. Sayyor qabul davomida migratsiya va fuqarolik masalalari bilan bogʻliq 20 ga yaqin jismoniy hamda yuridik shaxslarning murojaatlari birma-bir koʻrib chiqildi. Qabulda asosiy eʼtibor murojaatlarning joyida hal etilishiga qaratildi.
Qoʻshimcha oʻrganish va qonuniy qaror qabul qilish uchun yurituvga olingan ayrim murojaatlar yuzasidan aniq chora-tadbirlar belgilandi. Shuningdek, qabul davomida bir necha yillardan buyon Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini olish istagida yurgan va bugungi kunda Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 7 nafar fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga ID kartalar tantanali ravishda topshirildi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
