Qarshi tumani sektorlar rahbarlari Mustaqillik mahallasida sayyor qabul oʻtkazishdi. Qabulda fuqarolarning 20 turdagi murojaati tinglandi. Murojaatlarning 8 tasi joyida hal etilib, 6 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirishlar berildi.
Oʻrganish uchun vaqt va mablagʻ talab etadigan 6 ta murojaatlar nazoratga olinib, masʼullarga hal etish topshirigʻi berildi.
Oʻz muxbirimiz,
Qashqadaryo viloyati.
