Sirdaryo viloyati IIB boshligʻi, polkovnik Sanjar Jabbarovning aholi murojaatlarini tinglash, masʼullar ishtirokida koʻrib chiqish hamda ularga ijobiy yechim topish maqsadida viloyat Xalq qabulxonasida navbatdagi fuqarolar qabuli oʻtkazildi.
Unda fuqarolarning Ichki ishlar organlari xizmatiga kirish hamda tergov va surishtiruv harakatlari bilan bogʻliq turli muammo va murojaatlari eshitildi.
Boshqarma boshligʻi tomonidan har bir murojaatni tahlil etgan holda qonunda belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mutasaddi soha rahbarlariga topshiriqlar berilib, ijrosi nazoratga olindi.
Doston Shamsiddinov,
Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati rahbari, mayor.
