Viloyat Ichki ishlar boshqarmasida Buxoro viloyatida Kibermakonda sodir etiladigan jinoyatlarga qarshi kurashish haftaligi – “Cyber-Week” kompleks targʻibot-tashviqot tadbirlari haqida keng jamoatchilikka axborot berish, sohaga taalluqli muammoli savollarga oydinlik kiritish hamda tizimda ochiqlik va shaffoflikni taʼminlash maqsadida navbatdagi matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Ichki ishlar vazirligi Tezkor–qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi hamda viloyat IIB masʼullari, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi Buxoro viloyati boshqarmasi va OAV vakillari, hamkor korxona tashkilotlarning mutasaddilari, axborot xizmatlari, jurnalist va blogerlar ishtirok etishdi.
Anjuman soʻngida sohaga taalluqli OAV vakillarini qiziqtirgan barcha savollarga vazirlik hamda boshqarma tegishli sohaviy xizmatlarining masʼullari tomonidan batafsil javoblar berilib, oʻzaro fikr-mulohaza almashinildi.