Sirdaryo viloyati IIB boshligʻining navbatdagi qabuli boʻlib oʻtdi.

Qabulda fuqarolar tomonidan firibgarlar tomonidan oʻzlashtirilgan mablagʻlarni undirish, ishga qabul qilish, moddiy yordam olinishida koʻmaklashish kabi masalalar koʻtarildi.

Har bir muammoni oʻrganish va yechimini topish yuzasidan soha masʼullariga topshiriqlar berildi. Masalalarni hal etish muddatlari qatʼiy belgilandi.

Abdurahmon MUSTAFOQULOV,

oʻz muxbirimiz.

Sirdaryo viloyati.