2021 yil 21 mart kuni Xatirchi tumanida oʻz xizmat vazifasini olib borayotgan profilaktika inspektori leytenant Mirzayev Begali tungi soat 23:00larda koʻchada bir avtomashina toʻxtab turganligini, mashina avtosalonida sarosimada turgan ikki ayolni koʻrgach, ulardan biri homilador ekanligini, ayni vaqtda toʻlgʻoq tutgan ayolni vaziyatini toʻgʻri anglagan holda zudlik bilan boʻlajak ona va uning qaynonasiga birinchi yordam koʻrsatish uchun kirishadi.
Profilaktika inspektori mazkur avtomashinani yurish imkoniyati yoʻqligini bilib, zudlik bilan yaqin orada joylashgan qishloq vrachlik punktiga borib, tibbiyot xodimini keltirib, shu vaqt oraligʻida oʻz qoʻl telefonidan tuman tez tibbiy yordam boʻlimiga telefon qilib, holatni tushuntirgan.
Shundan soʻng xodim ayol va chaqalogʻini tugʻuruqxonaga yetkazish uchun oʻz mashinasida shifoxonaga yoʻl olib, Xatirchi tuman tugʻruq boʻlimiga tezda yetib borishini taʼminlagan. Bu harakati bilan ona va farzandining tirik qolishiga sababchi boʻlgan. Xatirchi tumani tugʻruqxona boʻlimi navbatchi vrachi Ostonayev Salohiddin va yordamchi hamshira Qanotova Shahloning soʻzlariga koʻra haqiqatdan ona va bolaga profilaktika inspektori oʻz vaqtida yordam koʻrsatmaganida ularning hayotini saqlash mushkul boʻlishini taʼkidladi. Hozirda ularning salomatligi yaxshi ekanligini tibbiyot mutaxassislari tasdiqladi.
Navoiy viloyati IIB Axborot xizmati
