IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7536-harbiy qismda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi va Vatan himoyachilari kuniga bagʻishlangan tadbirlar oʻtkazib kelinmoqda. Yaqinda Vatanparvarlik oyligi munosabati bilan Buxoro viloyati Kogon shahridagi 1, 2, 3, 4, 7- sonli umumtaʼlim maktablarining 133 nafar oʻquvchi va oʻqituvchilar ishtirokida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri “Vatan qadrini bilmagan oʻz qadrini bilmaydi» shiori ostida oʻtkazildi.

Tadbir oʻquvchi va oʻqituvchilarga manzir boʻldi.

Yu. EGAMBERDIEV,

mayor.

Buxoro viloyati.