Guliston shahrida "Istiqbolli avlod" ijtimoiy-axborot markazi Sirdaryo viloyati boʻlimi hamda viloyat IIB bilan hamkorligida "Odam savdosi ustidan jinoiy javobgarlikni kuchaytirishda huquqbuzarliklar profilaktikasi inspektorlarining roli" mavzusida seminar-trening oʻtkazildi. Tadbirda profilaktika inspektorlari Vazirlar Mahkamasining "Odam savdosidan jabrlangan yoki odam savdosidan jabrlangan deb taxmin qilinayotgan shaxslarni milliy darajadagi qayta yoʻnaltirish tizimini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Qarori mazmun mohiyatini oʻrganildi. Treningda amaliyotda duch kelinadigan odam savdosiga oid holatlarning turli stsenariylari, shu turdagi jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlarga oid tavsiyalar koʻrib chiqildi.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda” muxbiri.
Sirdaryo viloyati.
