IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli poytaxtimizda joylashgan 7534-harbiy qism 3-batalon nazoratchilar vzvodi shaxsiy tarkibi uchun ham har kuni xizmat oldi yoʻriqnomasi oʻtkazilib kelinadi.
Unda ona Vatanimiz himoyachilariga mahkumlar va ularning yaqin qarindoshlari bilan noqonuniy aloqaga kirishmaslik, qoʻpol muomalada boʻlmaslik, shuningdek, harbiy intizom va qonuniylikka qatʼiy rioya etish hamda xavfsizlik choralariga amal qilishlari haqida keng tushuntirishlar berilyapti.
Shu bilan birga, bugungi kunda dunyoda sodir etilayotgan mudhish voqealar ham shaxsiy tarkibga yetkazilib, ularni yanada hushyor va ogoh boʻlishga chaqirilmoqda.
Abduhamid OLLAYOROV,
kichik serjant.
