Jizzax shahar IIB HPB inspektor-psixologlari tomonidan “Payshanba – huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” munosabati bilan bir nechta oʻquv muassasalarida “Davomat” profilaktika tadbiri oʻtkazildi. Mazkur jarayonda 5-sonli umumtaʼlim maktabining bir qator sinflarida 7 nafardan 11 nafargacha oʻquvchilar yoʻqligi aniqlandi. 14 va 17-sonli umumtaʼlim maktablaridagi vaziyat ham koʻngildagidek emasligi maʼlum boʻldi.

Tadbir doirasida qarovsiz qolgan 29-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchisi Jizzax viloyati IIB HPBga qarashli voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirildi. Ayni vaqtda unga vasiy tayinlash choralari koʻrilyapti. Tadbirlar davomida tartib-qoidalarni buzayotgan hamda darslarda qatnashmayotgan oʻquvchilar bilan profilaktik suhbatlar oʻtkazildi.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.