IIV Qashqadaryo akademik litseyida davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish agentligining Qashqadaryo hududiy vakilligi boshligʻi Davron Tojiyev qatnashdi.
Davra suhbatida chet tillarni oʻrganish, oʻquvchi yoshlarning xorijiy tillar boʻyicha bilimini kuchaytirish, chet tillarni ommalashtirish boʻyicha samarali metodlardan foydalanish haqida atroflicha soʻz bordi. Suhbat davomida D.Tojiyev oʻqituvchi va oʻquvchilarga xorijiy tillarni oʻrganishning ahamiyati haqidagi taqdimotini namoyish etdi.
Oʻzaro samimiy suhbat koʻrinishida oʻtgan tadbir yakunida litsey oʻquvchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Oʻz muxbirimiz.
