Viloyat IIB boshligʻi, polkovnik M.Miralimov Buxoro shahridagi kasb-hunar maktablarida boʻlib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasida uchrashuvlar oʻtkazdi. Uchrashuvlarda mamlakatimiz kelajagini belgilashda shijoatli, qatʼiy, maqsadni aniq qoʻyib, shu asosda harakat qilayotgan yoshlarning oʻrni katta ekanligini alohida taʼkidlab, kelajak egalarining ilmu fan, zamonaviy texnika va texnologiyalarni puxta egallashi, davr talablari asosida taʼlim va tarbiya olishi, jismoniy tarbiya va sport bilan shugʻullanishi uchun yaratilayotgan sharoitlar xususida soʻz yuritdi.

Tadbirda, shuningdek, voyaga yetmaganlar oʻrtasida sodir etilayotgan jinoyatlar, maʼmuriy huquqbuzarliklar, voyaga yetmaganlarni tarbiyalash hamda ularga taʼlim berish bilan bogʻliq majburiyatlarni bajarmayotgan ota-onalarga nisbatan qoʻllanilgan qonuniy choralar haqida maʼlumotlar berilib, yoshlarga darslarga oʻz vaqtida qatnashib, bilimlarni puxta egallashlari kerakligi alohida taʼkidlandi.

Oʻz muxbirimiz.

Buxoro viloyati.