Yoshlar yaxshi taʼlim olishida maroqli dam olish ham alohida oʻrin tutadi. Shu maqsadda Yunusobod tumani IIOFMB boshligʻi oʻrinbosari, podpolkovnik A. Bahromov va 3-sonli IIB HPB Yoshlar masalalari boʻyicha katta inspektori, podpolkovnik N. Xalikova tashabbusi bilan 220-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabining oʻquvchilari oʻquv yilini namunali tugatayotganliklari munosabati bilan, ragʻbatlantirish tariqasida Toshkent hayvonot bogʻiga sayohat uyushtirildi.  Bundan barcha oʻquvchilar mamnun boʻlishdi.

Sarvar SOBIROV,

“Postda” muxbiri.