Soha xodimlarining kasb bayrami arafasida IIV Fargʻona akademik litseyida tahsil olayotgan oʻquvchilar oʻrtasida “Yangi Oʻzbekiston – yangi ichki ishlar organlari” shiori ostida harbiy sport musobaqasi oʻtkazildi.
Musobaqa doirasida oʻquvchilar dastlab viloyat IIB PPX va JTSB bataloniga tashrif buyurib, u yerda yangi harbiy texnikalar va zamonaviy qurol-yaroqlar bilan yaqindan tanishdilar. Shuningdek, maxsus otryadlarning koʻrgazmali chiqishlarini tomosha qilib, katta taassurotga ega boʻlishdi.
Shundan soʻng harbiy sport musobaqasiga start berildi.
Musobaqalar toʻrt bosqichda oʻtkazilib, oʻquvchilarning harakatlari hakamlar tomonidan baholab borildi. Bellashuv soʻnggida gʻolib boʻlgan guruhlar qimmatbaho sovgʻalar, kubok va maxsus diplom bilan taqdirlandi.
– Mazkur tadbirlardan koʻzlangan maqsad – oʻquvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ichki ishlar organlari xizmatiga boʻlgan qiziqishini yanada oshirishdan ibrat, – deydi musobaqa bosh hakami, mayor Suhrob Mirzayev.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
