Kuni kecha viloyat IIB Ekspert-kriminalistika markazi xodimlari tomonidan Navoiy shahridagi 6-umumtaʼlim maktabida koʻrgazmali oʻquv mashgʻuloti tashkil etildi. Unda Markazning tajribali xodimlari mazkur sohaning bugungi kundagi imkoniyatlari haqida soʻzlab berishdi. Xususan, IIV tomonidan Navoiy viloyati IIB Ekspert-kriminalistika markazi uchun ajratilgan harakatlanuvchi “Volkswagen Crafter” rusumli kriminalistik laboratoriyaning jinoyatlarni “issiq izidan” fosh etishdagi oʻrni va ahamiyati toʻgʻrisida gap ketganda, oʻquvchilar goʻyoki butun vujudlari quloqqa aylanib tinglashdi. Ularning savollariga mutaxassislar atroflicha javob qaytarishdi.

Ushbu mashgʻulotdan keyin oʻquvchi-yoshlarda ichki ishlar organlari faoliyatiga qiziqish kuchaygan boʻlishi aniq. Ana shu qiziqish ularning ayrimlarida kelgusida qatʼiy maqsadga aylansa ajab emas. Odatda bolalar qalbida yuksak orzular shu tarzda tugʻiladi.

Mahliyo XOLOVA,

oʻz muxbirimiz.

Navoiy viloyati.