Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmuida oʻtkazilgan xotirlash marosimida qatagʻon qurbonlarining hozirda tirik oilalaridan uylariga borib xabar olish, koʻnglini koʻtarish va yoʻqlab turishni taʼkidlagan edilar.

Shu maqsadda Yashnobod tumani IIOFMB tomonidan yaxshi anʼanaga qoʻl urildi. IIOFMB rahbariyati sobiq ittifoq davrida qatagʻonga uchragan general-leytenant Haydar Yaxyoyevning qizi Guli Haydarovaning 66 yoshni qarshi olganligi munosabat bilan u kishini yoʻqlab tabriklab kelishdi.

 G.Haydarova otasining jasoratli qizi. U 1988-yilning sentyabrida boshlangan “Oʻzbeklar ishi” deb nomlangan sudda otasining haq ekanligi borasida koʻrsatma berib, H.Yaxyoyevning sud zalidan ozod etilishiga sababchi boʻlgan.

Oybek ATABAYEV,

podpolkovnik.

Toshkent shahri.