Qumqoʻrgʻon tumani IIB boshligʻi, mayor N.Narzullaev 3-sektor hududida joylashgan Choʻkirli mahallasida boʻlib, mahalla faollari bilan uchrashdi va “mahallabay” ishlash tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha ularning fikrlari bilan qiziqdi.
Shundan soʻng tuman IIB boshligʻi yosh avlodga oʻrnak sifatida ot minib, mahalla hududini aylanib chiqdi. Mahalladagi xonadonlarda boʻlib, fuqarolarning zamonaviy issiqxonalari bilan tanishdi. Ularni keng targʻib qilish, kerak boʻlsa, qoʻni-qoʻshnilar issiqxonada mahsulot yetishtirish boʻyicha oʻzaro tajriba almashishi lozimligi haqida suhbatlashdi.
Shuningdek, mayor N.Narzullaev tashabbusi bilan yoshlar oʻrtasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida hududdagi 59-sonli umumtaʼlim maktabiga 500 dona badiiy kitob sovgʻa qilindi.
Feruza RAHMONQULOVA,
“Postda” muxbiri.
Surxondaryo viloyati.
