Buxoro shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi masʼul rahbarlari va oliy taʼlim muassasalari mutasaddilari ishtirokida uchrashuv oʻtkazildi. Tadbirda taʼlim muassasalarida oʻz faoliyatini boshlagan 8 nafar profilaktika inspektorining vazifalari tanishtirildi. Shuningdek, ushbu muassasalarda jinoyat va huquqbuzarliklarning barvarq oldini olish borasidagi chora-tadbirlar belgilab olindi.

Buxoro viloyati IIB axborot xizmati.