Gʻijduvon tuman hokimligi binosida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamda Ichki ishlar boshqarmasi hamkorligida “Eng buyuk saodat –oila baxti” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unga hududdagi ajrim yoqasiga kelib qolgan, nizoli oilalar, oqila ayollar, kayvonilar, mahallalardagi faol ayollar hamda ibratli oilalar taklif etildi.

Tadbir jarayonida koʻrsatilgan huquqiy, psixologik, maʼnaviy yordamlar hamda treninglar natijasida 50 dan ortiq oilalardan 28 tasi shu joyning oʻzida yarashtirildi. Qolgan oilalar bilan esa individual shugʻullanish uchun psixologlarga biriktirildi. Eng muhim jihati, 36 nafar farzandlarning toʻliq oilada barkamol tarbiya topishi, ularni kelajakda yetuk inson boʻlishlari hamda mustahkam oilalar soni koʻpayishiga erishildi.

Saodat GʻANIYEVA,

Buxoro viloyati.