Kasb fidoyisi

Sirdaryo tumani «Matonat» mahallasida noqonuniy ov quroli topildi.

Oʻqotar qurolga qonunga xilof ravishda egalik qilish oʻzgalar hayotini xavf ostida qoldirish, demakdir. Sirdaryo tumani IIB JXX JTSG katta inspektori, mayor Salimjon Eshtayev shunday holatlarning oldini olishga alohida eʼtibor berib keladi. U tezkor maʼlumotlar asosida «Matonat» mahallasida yashovchi ayol SH.Z.ning xonadonida miltiq saqlanayotganidan xabar topdi. Natijada xonadondagi sandiqda «IJ-18» markali, 16 kalibrli qoʻshotar ov miltigʻi saqlanayotgani aniqlanib, daliliy ashyo sifatida olindi. 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.   

Mayor Salimjon Eshtayev 1987 yilda tugʻilgan. 2013 yildan ichki ishlar tizimida faoliyat olib bormoqda. Oilali, uch nafar farzandi bor. 

Oʻz muxbirimiz.

Sirdaryo viloyati.