Ichki ishlar vazirining tegishli farmoyishi asosida joriy yilning 1 mayidan 31mayiga qadar, mamlakatimiz ichki ishlar organlari tizimida “Vatanga va xalqqa sadoqat bilan xizmat qilish – oliy burchimiz!” shiori ostida “Maʼnaviyat oyligi” oʻtkazilishi belgilandi.

Shu munosabat bilan IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli Navoiy viloyatida joylashgan 7551-harbiy qismda “Jaloliddin Manguberdining jang sanʼati va harbiy taktikasi” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir tashkil etildi.

Unda ishtirok etgan ona yurtimiz osoyishtalik posbonlari buyuk bobokalonimizning naqadar jasur va dovyurak sarkarda ekanligi, uning moʻgʻul bosqinchilariga qarshi ayovsiz janglarda koʻrsatgan qahramonliklari esa, buning yaqqol tasdigʻi ekanligiga amin boʻlishdi.

Shuningdek, haqiqiy vatanparvarlik ruhida oʻtgan mazkur tadbir yakunida  harbiy xizmatchilar ham bu borada oʻzlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan javob olishdi.

Mixli SAFAROV,

“Postda” muxbiri.