Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi, 3-sektor rahbari, polkovnik Shuhratjon Sotvoldiev Mirishkor tumani Pomuq shaharchasidagi “Pomuq” madaniyat markazida sayyor qabul oʻtkazdi.
Ochiq muloqot ruhida oʻtgan tadbirda “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari”ga kiritilgan fuqarolarning tadbirkorlik, oʻzini oʻzi band qilish, imtiyozli kredit olish, ish bilan taʼminlanish, oʻquv shartnomasi toʻlovi borasidagi qator muammolari tingandi. Muhimi, ushbu murojaatlarning 13 tasi shu yerning oʻzida ijobiy yechim topdi. Jumladan, toʻrt nafar talabaga shartnoma toʻlovi toʻlab beriladigan boʻldi. 4 nafar xotin-qizga tikuvchilik kasbini oʻrganishi uchun oʻquv kursiga yoʻllanma berildi. Oʻquv kursini tugatgan 4 nafar qiz esa tikuv mashinalari bilan taʼminlashdi. Mablagʻ va vaqt talab etadigan 8 ta murojaat ijrosi nazoratga olindi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
