Mustaqilligimizning 30 yilligi bayramiga tayyorgarlik koʻrish, bayramni tinch va osoyishta oʻtishini taʼminlash maqsadida, joriy yilning 1 avgust kunidan boshlab mamlakatimiz boʻylab “Xavfsiz hudud” maxsus profilaktik tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda. Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida ichki ishlar oraganlari xodimlari hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida olib borilgan tadbirlar davomida 148 ming 935 ta obʼekt tekshirib chiqildi. 20 ming 105 ta xonadonda yashovchilar pasport-viza tekshiruvidan oʻtkazildi. Viloyat hududida faoliyat olib borayotgan korxona-tashkilotlar, savdo doʻkonlari, kafe-barlar, mehmonxona va yotoqxonalar oʻrganilib, ishchi-xizmatchilar oʻrtasida profilaktik ishlar olib borildi.
Tadbirlar davomida 911 nafar doimiy roʻyxatsiz yashab kelayotgan fuqarolar, 16 nafar fohishalik bilan shugʻullanib yurgan shaxslar, 198 nafar maʼmuriy nazorat qoidasini buzgan shaxslar aniqlanib, tegishli qonuniy choralar koʻrildi. 107 nafar nazoratiz va qarovsiz qolgan voyaga yetmaganlar, Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirildi. Jinoyat sodir etib, tergov idoralaridan yashirinib yurgan 9 nafar shaxs qoʻlga olindi. 1 nafar bedarak yoʻqolgan shaxs topildi. Sodir etilgan 57 ta jinoyat “issiq izida” fosh etildi. Jami 164 gramm giyohvandlik moddalari ashyoviy dalil tariqasida olindi. Profilaktik maxsus tadbir davom etmoqda.
Abdurahmon MUSTAFOQULOV,
“Postda”muxbiri .
Sirdaryo viloyati.
