Bugungi kunda butun dunyoni tashvishga solib kelayotgan koronavirus infeksiyasining oldini olish maqsadida barcha joylarda keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, Xorazm viloyati IIB Xavfsiz turizmni taʼminlash boshqarmasi xodimlari ham viloyat hududidagi sayyohlik namoyishi obʼektlari va infratuzilmalarida muntazam ravishda profilaktik tadbirlar oʻtkazib kelmoqda.
Xususan unda jamoat joylarida niqobsiz yurgan, belgilangan oraliq masofani saqlamayotgan fuqarolar boshqarma xodimlari tomonidan ogohlantirilib, ularga tibbiy niqoblar tarqatilyapti. Shuningdek, ishlab chiqarish korxonalariga va oʻquv muassasalariga bukletlar tarqatilib, karantin qoidalariga amal qilinishi yuzasidan tushuntirishlar berilmoqda.
Xudoybergan JABBOROV,
“Postda” muxbiri.
