Fargʻona viloyati IIB Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash xizmati tomonidan harbiy qism bazasida tashkil etilgan oʻquv-amaliy kurslariga jalb etilgan huquqbuzarliklar profilaktikasi, yoʻl-patrulʼ va patrulʼ-post xizmati xodimlari ishtirokida seminar-trening tashkil qilindi.

Seminarda xizmat boshligʻining oʻrinbosari, podpolkovnik A.Fozilxoʻjaev hamda bosh psixolog, mayor J.Ernazarov tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 20-yanvardagi qarori hamda “Ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi”ning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirib berildi.

 Tadbirning ikkinchi qismida bosh psixolog tomonidan “Ichki ishlar organlari xodimlari faoliyatida kasbiy muloqotning ahamiyatli jihatlari” mavzusida trening ham oʻtkazildi.

Trening davomida ichki ishlar organlari xodimlari fuqarolar bilan oʻzaro muloqotga kirishganda, shuningdek, ziddiyatli holatlarda nimalarga eʼtibor qaratishi zarurligi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

Abduvosit SIDIQOV,

“Postda” muxbiri.

Fargʻona viloyati.