IIV JIED Toʻrtinchi hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi psixologik taʼminlash guruhi psixologlari tomonidan 35-sonli manzil koloniyasida “Xodimlarning psixologik xususiyatlari va qobiliyatlarini oʻrganish” mavzusida mashgʻulot oʻtkazildi.

Mashgʻulot davomida xodimlar psixodiagnostika tekshiruvidan oʻtkazilib, ruhiy holatida psixologik zoʻriqish va agressivlik holati yuqori boʻlgan xodimlar bilan yakka (individual) tartibda suhbatlar olib borilib, psixokonsultatsiyalar berildi.

Shahzod OʻRINOV,

katta leytenant.