Yaqinda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti Birinchi mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi psixologlari tomonidan mazkur hududda joylashgan 44-sonli manzil koloniyada xizmat olib borayotgan xodimlar oʻrtasida psixologik trening tashkil etildi.

Uni oʻtkazishdan koʻzlangan asosiy maqsad ham xodimlarning xulq-atvorida uchraydigan ayrim nuqsonlarni diagnostika qilish va ularni bartaraf etish hamda xizmat faoliyatiga salbiy taʼsir etuvchi illatlarga chek qoʻyishdan iboratdir.

Shu boisdan, ushbu tadbir davomida osoyishtaligimiz posbonlarida vujudga kelishi mumkin boʻlgan muammolarni hal qilish bilan bogʻliq boʻlgan koʻnikma va malakalarni hosil qilish boʻyicha turli oʻyin va mashqlar tashkil qilinib, bu orqali oʻzi va boshqalarni tushinish hamda insoniy munosabatlarini yanada rivojlantirishga asosiy eʼtibor qaratildi.

Murodulla RAJABOV,

mayor.