KUN QAHRAMONI


Pulatov Baxtbek Ismailovich 1984 yil 10 aprel kuni Toshkent viloyati Chinoz shahrida tugʻilgan. Maʼlumoti oliy, mutaxassisligi - huquqshunos.  Ichki ishlar idoralaridagi faoliyatini 2011 yilning 30 noyabridan boshlagan. Xizmat faoliyati davomida turli lavozimlarda ishlagan. IIV Ijtimoiy va moliyaviy taʼminot xizmati, Moddiy-texnika taʼminoti boshqarmasiga bevosita buysunuvchi Markaziy baza nazorat xizmatida xizmat qilgan. Xozirda esa Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, Yunusobod tumani Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiklashtirish boshqarmasi, 2-son IIB tergov boʻlinmasi katta tergovchisining nazorat inspektori lavozimida ishlab kelmoqda. Yosh, tirishqoq, intiluvchan xodim doim oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondoshib, rahbariyat tomonidan berilgan topiriqlarni sifatli va oʻz vaqtida bajarishga intiladi.

Baxtbek ikki nafar farzandini kelajakda qaysi kasb egasi boʻlmasin, masʼuliyatli va oʻz ishining ustasi sifatida shakllanishini, muhimi, atrofdagilarga nafi tegadigan yaxshi inson boʻlishini istaydi va buning uchun imkon darajasida harakat qiladi.

Aziza JONIYEVA.