Yakkasaroy tumani hokimligida fuqarolar qabuli boʻlib oʻtdi. Unda Toshkent shahar hokimi oʻrinbosari Abdulaziz Isroilov, Yakkasaroy tumani hokimi Nilufar Allabergenova, tuman prokurori Bekzod Shamsiyev, IIOFMB boshligʻi, podpolkovnik Alisher Murodov, soliq inspeksiyasi boshligʻi Abdumuxtor Malikov, hokim oʻrinbosarlari, adliya boʻlimi boshligʻi, tuman xalq qabulxonasi vakillari, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlikka koʻmaklashish tuman boʻlimi boshligʻi ishtirok etishdi.
Qabulda hududda yashab kelayotgan fuqarolarining turli masalalar boʻyicha qilgan murojaatlari atroflicha oʻrganildi. Jumladan, fuqarolarning uy tomini taʼmirlab berish, elektr taʼminotidagi uzilishlarni bartaraf etish, tadbirkorlikni boshlash uchun kredit olish, moddiy yordam ajratish va boshqa muammolar boʻyicha murojaatlar qabul qilindi.
Sarvar SOBIROV,
oʻz muxbirimiz.
Toshkent shahri.
