Samarqand viloyatining Narpay tumanida istiqomat qiluvchi U.I. yaqin qarindoshlari va tanishlaridan iborat jinoiy guruh tuzib, noqonuniy ravishda qoʻlbola spirtli ichimlik mahsulotlarini tayyorlash, qadoqlash yashirin tsexini tashkil qilganligi DXX Samarqand viloyati boshqarmasi va IIB xodimlari tomonidan fosh qilindi. Bu haqida Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar qiladi.
Qayd etilishicha, yashirin tsexda 36 xil turdagi 1068 dona shisha idishlarga qadoqlangan tayyor aroq hamda 70 litr qadoqlanmagan alkogol mahsuloti va 687 ta aktsiz markasi aniqlanib, tegishli tartibda protsessual hujjatlashtirilgan.
Shuningdek, oʻrganishlar davomida mazkur tsexda tayyorlangan maxsulotlar viloyatning Narpay, Paxtachi tumanlari hamda Navoiy viloyatidagi doʻkon va oshxonalarida sotib kelinganligi maʼlum aniqlangan.
Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Gulnoza TURGʻUNBOYEVA,
“Postda” muxbiri.
Samarqand viloyati.
