Qarshi shahar “Qarshi” mahalla fuqarolar yigʻinida yashovchi Q.Sh. muqaddam oʻgʻrilik va firibgarlik jinoyatlarini sodir qilgan edi. Jinoyatga jazo muqarrarligini anglab yetmagan bu kimsa javobgarlikdan qochib qutulmoqchi boʻldi, ammo...

Viloyat ichki ishlar organlari hamda Urganch shahar IIOFMB xodimlarining hamkorlikdagi tezkor saʼy-harakatlari natijasida Q.Sh. Urganch shahar hududida ushlandi.

Endi u qilmishiga yarasha qonun oldida javob berishga majbur.

Sodiq RAHIMOV, 

“Postda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati.