Baʼzi haydovchilarning toʻy marosimlarida yoʻl harakati qoidalarini qoʻpol ravishda buzib, avtotransport vositalarini boshqarish holatlari afsuski hamon uchrab turibdi.

Yaqinda Hazorasp tumani hududida ham huddi shunday holat sodir etildi. Toʻy marosimida ishtirok etgan “Malibu” rusumli uchta avtomashina haydovchisi yoʻl harakati ishtirokchilari hayotiga jiddiy xavf tugʻdiruvchi turli qoʻpol xatti-harakatlar sodir etishdi. Xorazm viloyati IIB JXX YHXB masʼul xodimlari tomonidan ushbu qoidabuzarlik holatlari yuzasidan oʻrganish ishlari olib borildi. Natijada qoidabuzar haydovchilarga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, qonun ustivorligi taʼminlandi.

Viloyat IIB JXX YHXB rahbariyati tomonidan bunday qoʻpol qoidabuzarliklar takror sodir etilishining oldini olish maqsadida shahar va tuman hududlarida targʻibot-tushuntirish tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Xudoybergan JABBOROV,

oʻz muxbirimiz.

Xorazm viloyati.