Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʻgʻrisida”gi 2022-yil 9-avgustdagi 348-son qarorida qon bilan ishlash xizmatini rivojlantirishning asosiy yoʻnalishlari etib aholi orasida begʻaraz donorlik madaniyatini shakllantirish, donorlik harakatini keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish, bu boʻyicha volontyorlik harakatini ommalashtirish, sayyor donorlik koʻlamini kengaytirish belgilangan.
Chunonchi, IIV Markaziy gospitalida ham har oyning ikkinchi haftasi “Qon donorlik haftaligi” deb eʼlon qilingan.
Shu munosabat bilan mazkur haftalik doirasida IIV Markaziy gospitalida Qon va qon mahsulotlarini tayyorlash boʻlinmasi hamda Respublika Qon markazining sayyor guruhi hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Markaziy gospitalining 10 nafar xodimi va IIV Akademiyasining 38 nafar kursanti begʻaraz qon topshirishdi.
Oʻz muxbirimiz.
