Fargʻona viloyati sektor rahbarlari tomonidan Qoʻqon shahridagi Temiryoʻlchilar madaniyat saroyi binosida tashkil qilingan sayyor qabul koʻplab fuqarolarning muammolariga yechim topilishida muhim omil boʻldi.

Jumladan, viloyat IIB boshligʻi, uchinchi sektor rahbari general-mayor Azizbek Ikramov ham sayyor qabul davomida 19 nafar fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, ulardan tushgan  masalalarni shu joyning oʻzida oʻrganib chiqdi.

Murojaatlarning asosiy qismini ichki ishlar organlariga ishga kirish, fuqarolik pasportini olish, davolanish va boshqa huquqiy masalalar tashkil qildi. 

Eʼtiborlisi shundaki, murojaatlarning 8 tasi joyida ijobiy hal etildi. 13 ta murojaatlar boʻyicha tegishli mutasaddi rahbarlarga topshiriqlar berilib, ijro etish muddati belgilandi va nazoratga olindi.

Abduvosit SIDIQOV,

oʻz muxbirimiz.

Fargʻona viloyati.