Oʻzbekiston Respublikasi IIV Xalqaro aeropotrtlarda xavfsizlikni taʼminlash boʻyicha qoʻshinlari qoʻmondoni, polkovnik Sh.Xudaynazarov Namangan shahridagi 7254-sonli harbiy qismga bordi.

Qoʻmondon harbiy qismda amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar tahlili bilan tanishib, xizmat intizomini mustahkamlash va qonunchilikka amal qilish yuzasidan oʻz fikrini bildirdi. Shaxsiy tarkibga soʻnggi paytlarda ichki ishlar organlarida amalga oshirilayotgan islohotlar, oʻzgarishlar haqida tushuntirildi.

Shundan soʻng, harbiy qismda amalga oshirilishi kerak boʻlgan bir qator dolzarb vazifalar belgilandi.

B. MOʻNISOV,

podpolkovnik.