Quvasoy shahrida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida “Xavfsiz hudud” maxsus tezkor profilaktik tadbiri oʻtkazildi. Bu haqida Fargʻona viloyati IIB Axborot xizmat xabar bermoqda.
Tadbirga jalb qilingan guruhlar tomonidan shaharning Boʻston va Kokilon mahallalarida joylashgan dala hovlilar oʻrganilib, bemaqsad yurgan fuqarolar tayanch punktlariga olib kelindi. Voyaga yetmaganlar, spirtli ichimlik isteʼmol qilganlar bilan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Mazkur jarayonda 45 ta huquqbuzarlik aniqlanib, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi. YTHlarni oldini olish borasida oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida 1 holatda mast holda avtransport vositasini boshqarish, 6 holatda odam tashish qoidalarini buzish kabi 20 ta qoidabuzarlik fosh etildi.
Probasiya guruhi hisobida turuvchi fuqarolarning belgilangan tartib-qoidalarga amal qilishini oʻrganish maqsadida bevosita xonadonlariga borib tekshirildi.
Bundan tashqari, tadbir davomida shaharning “Lashkar” MFYda yashovchi fuqaroning xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganida, quritilgan holdagi nasha giyohvandlik oʻsimligini saqlab kelayotganligi aniqlanib, tegishli hujjatlar rasmiylashtirildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
