Har bir sohaning rivojida malakali mutaxassilar hal qiluvchi rolʼ oʻynaydi. Navoiy viloyati IIBda ham xodimlarning har tomonlama yetuk boʻlishiga erishish maqsadida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.
Yaqinda IIV Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar va kadrlar bilan taʼminlash departamenti masʼul xodimlaridan iborat ishchi komissiya aʼzolari Navoiy viloyati ichki ishlar organlarida rahbar kadrlar zaxirasini shakllantirish bilan bogʻliq amalga oshirilgan ishlar bilan yaqindan tanishdi. IIV Akademiyasi magistratura bosqichini hamda Rahbar kadrlarni tayyorlash fakulʼtetini tamomlab, viloyat IIB va uning quyi tizimlarida faoliyat olib borayotgan rahbar kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlarning kasbiy, psixologik, jismoniy va jangovar tayyorgarligi tekshirildi. Shuningdek, sinov imtihonlari oʻtkazilib, ular bilan yakka tartibda suhbatlashildi. Shu tariqa viloyat ichki ishlar organlarining rahbarlik lavozimlariga amaldagi zaxira roʻyxati shakllantirildi.
Bu kabi tadbirlar kelgusida ichki ishlar organlaridagi rahbar kadrlar zaxirasini yaratish hamda malakali mutaxassislar yetishtirishda oʻz samarasini koʻrsatishi shubhasiz.
Mahliyo XOLOVA,
“Postda” muxbiri.
Navoiy viloyati.
