Xorazm viloyati hududida ichki ishlar, milliy gvardiya hamda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi xodimlaridan iborat 6 ta ekologik patrul guruhi tomonidan reyd tadbirlari oʻtkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda ekologiya va atrof-muhitga ziyon yetkazayotgan fuqarolarning qonunbuzarlik holatlari aniqlanib, ularga nisbatan belgilangan tartibda maʼmuriy choralar koʻrilyapti.

Reyd tadbirlari davomida Xiva tumanida yashovchi Q.R. belgilanmagan joyga maishiy chiqindi tashlagani aniqlandi. Holat boʻyicha fuqaroga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.

Urganch shahrida yashovchi O.N. hamda Yangibozor tumanida istiqomat qiluvchi R.A. ham ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish qoidalarini buzgani uchun belgilangan tartibda maʼmuriy javobgarlikka tortildi.

Hamkorlikdagi reyd tadbirlari davom etmoqda.

Saʼdulla ABDULLAYEV,

safdor.

Xorazm viloyati.