Kun qahramoni

1988 yil Andijon tumanida tugʻilgan. Moliya-iqtisod kollejini tamomlagan. Ichki ishlar organlarida 2011 yildan buyon xizmat qiladi. Andijon viloyati IIB PPX va JTSB patrul-post xizmati batalonida kinolog, Kinologiya xizmatida kichik inspektor-kinolog, veterinariya xizmati starshinasi lavozimlarida faoliyat yuritdi. Bugungi kunda safdor Iskandar Alimov viloyati IIB PPX va JTSB kinologiya xizmatida kichik inspektor-kinolog sifatida xizmat qilmoqda. 

Jalaquduq tumani IIBga qishloq aholisining xonadonlaridan gaz ballonlari oʻgʻirlab ketilayotgani haqida maʼlumot kelib tushdi. Kinologiya xizmati Safdor I.Alimov oʻzining «Reks» laqabli xizmat iti bilan birga tezkor-tergov guruhi tarkibida hodisa joyiga yetib bordi. 

Aniqlanishicha, Hamzaobod mahallasida istiqomat qiluvchi Dildora Shabdanova va Feruza Mamatovaning uyidan gaz ballonlari tun mahali oʻgʻrilab ketilgan. Iskandarning buyrugʻi bilan “Reks” darhol iz olib, osoyishtalik posbonlarini qoʻshni Qatortol mahallasida joylashgan xondonlardan biriga boshlab bordi. 23 yoshli K.J.ga tegishli uyning qoʻshimcha xonalaridan oʻgʻrilangan gaz ballonlari topildi. 

Boris KLEYMAN.

Suratda: kichik inspektor-kinolog, safdor Iskandar Alimov «Reks» laqabli xizmat iti bilan.

Muallif olgan surat.