Kun qahramoni

 

1993 yili Qarshi tumanida tugʻilgan. Bolaligidan ichki ishlar organlarida xizmat qilishga ishtiyoqmand Shohrux harbiy xizmatni oʻtab qaytgach, 2016 yilda ichki ishlar organlarida xizmat qilish uchun hujjatlarini topshirdi. Sinovlardan muvaffaqiyatli oʻtib, ilk faoliyatini Qashqadaryo viloyati IIB huzuridagi Qoʻriqlash boshqarmasi 1-alohida militsiya bataloni militsionerligidan boshladi.

Xizmatni keyingi yillarida IIV Qorovul qoʻshinlariga qarashli 7533-harbiy qismda sektsiya haydovchisi lavozimida davom ettirgan lavhamiz qahramoni tirishqoqligi, keng dunyoqarashi, oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashishi hamkasblari eʼtiboriga sazovor boʻldi.

Ayni paytda viloyat IIB Tashkiliy boshqarmasi murojaatlar bilan ishlash guruhi kichik inspektori lavozimida xizmat qilayotgan safdor Shohrux Isomov har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini his etgan holda ish olib bormoqda. Murojaatlarni oʻz vaqtida ijroga qaratish borasida oʻziga xos tajriba va malaka toʻplagan.

Bundan tashqari, viloyat IIB yuridik va jismoniy shaxslarni qabul qilish xonasiga kelgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qilishda oʻziga xos muomala va odobi bilan eʼtibor qozonmoqda.

Hozirda oliy oʻquv yurtida sirtdan tahsil olayotgan safdor Shohrux Isomov turmush oʻrtogʻi Nafisaxon bilan ikki nafar farzandni tarbiyalamoqda.

Sodiq RAHIMOV,

 “Postda” muxbiri.

Qashqadaryo viloyati.