Kun qahramoni


Katta leytenant Akmal Tavakalov 1989 yilda Namangan viloyatining Chust shahrida tugʻilgan. 2011 yilda Namangan muhandislik-texnologiya institutini tamomlagan.

Akmal Tavakalov 2017 yildan Namangan shahar IIOFMB boʻyicha 3-sonli IIB huquqbuzarliklar profilaktikasi guruhi profilaktika inspektori lavozimida faoliyat olib bormoqda. U oʻz ishini yaxshi biladigan masʼuliyatli xodim sifatida safdoshlarining hurmatini qozongan. Mahalla faollari hamda jamoatchilik vakillari bilan yaqin hamkorlik yoʻlga qoʻyilgani hudud ravnaqiga xizmat qilmoqda. Olib borilayotgan hamkorlikdagi saʼy-harakatlar natijasida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olish borasida ham yuqori natijalar qoʻlga kiritilyapti.

A. Tavakalov joriy yil boshidan hozirgacha 60 ga yaqin maʼmuriy huquqbuzarlik holatlarini aniqlab, bayonnomalar rasmiylashtirdi. 50 ga yaqin fuqaroning murojaatini oʻrganib, ularning ijobiy hal qilinishiga oʻz hissasini qoʻshdi. Shuningdek, oʻquv muassasalarida huquqbuzarlik va jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan targʻibot tadbirlarini ham muntazam oʻtkazib kelayotir.

Faoliyati davomida ijobiy natijalarga erishib kelayotgan katta leytenant Akmal Tavakalovning xizmatlari rahbariyat tomonidan ham munosib baholanib, koʻplab marotaba ragʻbatlantirilgan.

Feruza OTAXONOVA,

«Postda» muxbiri.