Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining “Ichki ishlar organlarida koronavirusga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi farmoyishi asosida Jizzax viloyati IIB tibbiyot boʻlimida “Sall centre” faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Mazkur markazga jalb etilgan tibbiyot xodimlari sovidga chalinib, uy sharoitida davolanayotgan ichki ishlar organlari xodimlari va soha faxriylariga masofadan turib tibbiy maslahatlar berishmoqda. Yaʼni kasallar umumiy amaliyot shifokorlari va tor soha mutaxassislaridan kuniga 1 marta tibbiy tavsiya olish imkoniyatiga ega boʻlishdi.

Bu jarayonda asosiy eʼtibor dori vositalarining xususiyatlari, karantin, sanitariya va gigiena qoidalariga amal qilish, badantarbiya hamda toʻgʻri ovqatlanish masalalariga qaratilyapti. Xuddi shunday, bemorning ahvolidan kelib chiqib, ambulator yoki stasionar davolanish choralari belgilanayotir. Tibbiy kuzatuv jarayoni 10 kunni tashkil etmoqda.

Ayni paytda Jizzax viloyati ichki ishlar boshqarmasi tibbiyot boʻlimi tomonidan uyda davolanayotgan bemorlarga dori vositalarini yetkazish choralari ham koʻrilmoqda.

Alijon ABDUSATTOROV,

“Rostda” muxbiri.

Jizzax viloyati.