Joriy yilda mamlakatimiz va xalqimiz hayotida katta siyosiy voqea – Prezidentlik saylovi boʻlib oʻtadi. Bu muhim siyosiy kampaniyada siyosiy partiyalar va OAV, fuqarolarning faolligi saylovlarni umum eʼtirof etilgan xalqaro standartlar, prinsiplar asosida demokratik, ochiq-oshkora oʻtkazilishida muhim omil boʻlib xizmat qiladi. Aytish joizki, Markaziy saylov komissiyasi ichki ishlar organlari bilan oʻzaro hamkorlik qilib, saylov jarayoni ishtirokchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini taʼminlash masalalariga doimo katta eʼtibor qaratib keladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tasdiqlangan saylov komissiyasi aʼzolarining malakasini oshirishni tashkil etish konsepsiyasiga asosan, Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi yosh xodimlari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi. Ushbu seminar-treningda viloyat IIBning 20 dan ziyod yosh xodimlari ishtirok etishdi. Trening davomida saylov qonunchiligiga kiritilgan oʻzgarishlar hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovining oʻziga xos xususiyatlari, saylov jarayonlarida ichki ishlar organlari xodimlarining huquq va majburiyatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi davrida nomzodlar tomonidan saylovoldi tashviqotini olib borish tartibi kabi mavzularda maʼruzalar qilindi.
Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.
