Aholining murojaatlarini tinglash, muammollarini oʻrganish va hal etish bugunning asosiy talabidir. Shu maqsadda Toshkent shahar IIBB boshligʻi, general-mayor Aziz Toshpoʻlatovning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi navbatdagi sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.
Tumandagi Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida oʻtgan qabulda 37 nafar fuqaroning moddiy va ijtimoiy yordam, sogʻligʻi bilan bogʻliq muammo, oliy taʼlim shartnoma pulini toʻlash, muddatli harbiy xizmatga yoʻllanma olish hamda ishga joylashish kabi murojaatlari oʻrganildi. Shundan 15 nafarining muammosi joyida hal etildi. 12 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. 10 nafarining murojaati boʻyicha masʼullarga topshiriq berildi. Shuningdek, hudud aholisi va yoshlar ishtirokida tashkil etilgan muloqot davomida 16 yoshga toʻlgan Proskuryakov Nikitaga ID-karta tantanali ravishda topshirildi.
Bu kabi uchrashuv va muloqotlarning tashkil etilishi tuman aholisining turmush sharoitlarini yanada yaxshilashga hamda davlatdan rozi boʻlib yashash hissini oshirishga xizmat qilishi shubhasiz.
Sarvar SOBIROV,
“Postda” muxbiri.
