Samarqand viloyati IIB boshligʻi polkovnik Rahmat Mamatov tomonidan aholi muammolarini oʻrganish va ularni bartaraf etish maqsadida Toyloq tumani “Shopoʻlot” MFYda sayyor qabul oʻtkazildi.
Ommaviy sayyor qabulda tuman hokimligi, xalq qabulxonasi, viloyat hamda tumandagi tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari hamda boshqa sektor rahbarlari ishtirok etishdi. Bu haqida Samarqand viloyati IIB Axborot xizmati xabar qiladi.
Qayd etilishicha, qabulda jami 76 nafar fuqarolar qatnashishgan. Unda murojaatchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etgan va 59 masalani oʻz ichiga olgan 54 ta murojaatlar kelib tushgan.
Quvonarlisi, har bir murojaatchining masalalari tinglanib, ularning eʼtiroziga sabab boʻlgan holatlar chuqur tahlil qilingan holda, bartaraf etish choralari koʻrildi. 12 ta murojaat joyida ijobiy hal etildi. Qolgan barcha murojaatlarni belgilangan muddat ichida oʻrganib chiqish boʻyicha masʼullarga topshiriqlar berildi.
Qabul soʻngida mahalladagi yosh yigit-qizlarga ID-kartalari, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” hamda “Ayollar daftar”da turgan fuqarolarning bandligini taʼminlash maqsadida zaruriy asbob-uskunalar tantanali ravishda topshirildi.
Gulnoza TURGʻUNBOEVA,
“Postda” muxbiri.
Samarqand viloyati.
