Fargʻona viloyatining Rishton tumanida 3-sektor kesimida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.
Ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar bilan yuzma-yuz muloqot chogʻida tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Hojiakbar Toshpoʻlatov oʻzi rahbarlik qilayotgan sektorda amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, oʻtkazilgan sayyor qabullar, yoshlar bilan uchrashuvlar, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” bilan ishlash tajribasi haqida maʼlumot berdi. OAV vakillarini qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.
Tadbir yakunida 3-sektor ishchi guruhi bilan yaqindan hamkorlik qilib, jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga munosib hissa qoʻshayotgan bir guruh mahalla raislari, xotin-qizlar faollari, hokim yordamchilari va yoshlar yetakchilariga tashakkurnomalar topshirildi.
Abduvosit SIDIQOV,
“Postda” muxbiri.
Fargʻona viloyati.
