Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, 3-sektor rahbari, polkovnik Shuhratjon Sotvoldiyev Mirishkor tumani Pomuq shaharchasidagi Madaniyat markazida “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi.
Ochiq muloqot ruhida oʻtgan uchrashuvda yoshlarning tadbirkorlik, oʻzini oʻzi band qilish, ish bilan taʼminlanish, oʻquv shartnomasi toʻlovi va boshqa masalalar bilan bogʻliq muammolari tingandi.
Sayyor qabulda murojaatlarning 13 tasi ijobiy yechim topdi. Toʻrt nafar oliygoh talabasining toʻlovi toʻlab beriladigan boʻldi. 4 nafar qizga tikuvchilik kasbini oʻrganishi uchun oʻquv kursiga yoʻllanma berildi. Bundan tashqari, oʻquv kursini tugatgan 4 nafar xotin-qizga tikuv mashinalari berildi. Mablagʻ va vaqt talab etadigan 8 ta murojaat ijrosi nazoratga olinib, yechimini topish boʻyicha tegishli mutasaddilarga topshiriqlar berildi.
Sodiq RAHIMOV,
“Postda” muxbiri.
Qashqadaryo viloyati.
